Together we will develop our country!
Ko'rinish
A
A
A
Shrift hajmi
O‘z
Ru
En

Diqqat tanlov!
Diqqat tanlov!
22.08.2025
2025-08-13 11:55:00 / Vazirlik yangiliklari
Tanlovda ishtirok etish uchun
TAKLIFNOMA
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tasarrufidagi bir qancha obyektlarda qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan bo’lib qurilish jarayonini texnik nazorat qiluvchi malakali mutaxassislarni yollash rejalashtirilgan.
Qurilish ishlari amalga oshiriladigan obyektlar:
1. Shayxontohur tumani, Ibn-Sino 2-mavze, Toshkent xalqa avtomobil yo‘lida joylashgan Shayxontohur tumani kunlik mehnat markazi bino-inshootlarini ta’mirlash (boshlang‘ich narxi (QQS bilan): 600,0 mln. so‘m).
2. Shayxontohur tumani, “Chaqar” MFY, “Qoratosh” ko‘chasi, 44-uyda joylashgan Shayxontohur tumani kasbiy ko‘nikmalar markazining qurilishi tugallanmagan bino-inshootlarini ta’mirlash (boshlang‘ich narxi (QQS bilan): 3,0 mlrd. so‘m).
3. Qibray tumani, “Farovon” MFY, “ToshIES” ko‘chasi, 1-uyda joylashgan Qibray tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi bino va inshootlarini ta’mirlash (boshlang‘ich narxi (QQS bilan): 6,0 mlrd. so‘m).
Shuningdek vazirlik tasarrufidagi boshqa obyektlarda bo’ladigan qurilish-ta’mirlash ishlari ham qamrab olinishi mumkin.
Quyidagi ishtirokchilarga tanlovda ishtirok etishga ruxsat berilmaydi:
- qayta tashkil etish (bo‘linish, qo‘shilish), tugatish yoki bankrotlik arafasida turganlar;
- mol-mulki musodaraga olinganlar hamda muassislik kelishuv, moliyaviy ishtirok, holding va boshqa shaklda ifodalangan bevosita tashkiliy-huquqiy yoki bir-biriga moliyaviy qaramligi mavjudlar.
Tanlovda qatnashish taklifini qurilish-montaj ishlari qiymatining ma’lum foizi miqdorida ko‘rsatishingizni hamda 2025-yil 20-avgust soat 12:00 ga qadar Vazirlik binosiga (Toshkent shahar, Mirobod tumani. Nukus ko‘chasi 8-uy) muhrlangan konvertda taqdim etishingizni so‘raymiz. Ma’lumot uchun telefon raqami 71 203 01 40 (753).
Was this page useful?
0 users rated it “positively”
Last updated date: 22/08/2025