Yurtimizni birga rivojlantiramiz!
Ko'rinish
A
A
A
Shrift hajmi
O‘z
Ru
En

Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olish va "komplayens-nazorat" tizimi samaradorligini oshirish"
Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olish va "komplayens-nazorat" tizimi samaradorligini oshirish"
20.08.2025

Poytaxtimizda joriy yilning 20-21-avgust kunlari o'quv-seminar bo’lib o’tdi / 2025-08-21 19:05:00
Poytaxtimizda joriy yilning 20-21-avgust kunlari "Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olish va "komplayens-nazorat" tizimi samaradorligini oshirish" mavzusida o'quv-seminar bo’lib o’tdi.
Ushbu seminarda davlat organlari va tashkilotlari korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarining 130 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.
Yangi yondashuvga muvofiq, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari endi xavflarni aniqlash, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish va davlat tuzilmalarining kundalik faoliyatiga halollik hamda shaffoflik tamoyillarini joriy etishning amaliy vositasiga aylanadi.
Ishtirokchilar soha ekspertlari bilan manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish, davlat xizmatchilarining korrupsiya xavf-xatarlariga bardoshliligini baholash va ularni kamaytirishning xorijiy usullarini qoʻllash boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazdilar.
Seminar yakunida barcha ishtirokchilar faol qatnashganlari uchun maxsus sertifikatlar bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.
Bu sahifa foydali bo‘ldimi?
0 foydalanuvchilar buni «ijobiy» baholadi
Oxirgi yangilangan sana: 26/08/2025