Yurtimizni birga rivojlantiramiz!
Ko'rinish
A
A
A
Shrift hajmi
O‘z
Ru
En

So‘rovnoma statistikasi
“Elektron retsept” tizimini joriy etish va dori vositalari aylanishini takomillashtirish bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish.
Umumiy ma'lumotlar
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilgan ommaviy so‘rovnoma natijalari tahlil qilindi va fuqarolarning takliflari Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 15-dekabrdagi 3725-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomda o‘z aksini topdi.
Xususan:
So‘rovnomada qatnashganlarning 78% i dorilarning qimmatligidan va brendlar tiqishtirilishidan norozi ekanligini bildirdi. Shu sababli, Nizomning 2-bob 2 va 7-bandlariga asosan, shifokorlar endilikda dori vositasining savdo nomini emas, balki xalqaro patentlanmagan nomini (tarkibini) yozishi shartligi belgilandi.
Surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar uchun poliklinikaga qatnovni kamaytirish so‘rovi inobatga olinib, Nizomning 2-bob 11-bandida davolash kursi uchun 90 kungacha bo‘lgan muddatga retsept yozish imkoniyati yaratildi.
Texnik nosozliklar va elektr o‘chishi bilan bog‘liq xavotirlar o‘rganilib, Nizomning 2-bob 13-bandida bunday fors-major holatlarda qog‘oz retseptlardan foydalanishga vaqtincha ruxsat berildi.
Yotoq rejimdagi bemorlarga qulaylik yaratish taklifi bo‘yicha Nizomning 2-bob 15-bandiga “Call-markaz” (1003) orqali shifokorga masofadan murojaat qilish va elektron retsept olish tartibi kiritildi.
Savollar bo‘yicha statistika
Savollar bo‘yicha statistika
Sharhlar(0)
Bu sahifa foydali bo‘ldimi?
0 foydalanuvchilar buni «ijobiy» baholadi