Yurtimizni birga rivojlantiramiz!
Ko'rinish
A
A
A
Shrift hajmi
O‘z
Ru
En

So‘rovnoma statistikasi
O‘rmon fondi yerlaridan foydalanish orqali aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish.
Umumiy ma'lumotlar
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan o‘tkazilgan jamoatchilik so‘rovi natijalari tahlil qilindi va fuqarolarning takliflari Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-dekabrdagi 798-son qarorida o‘z aksini topdi.
Xususan:
Aholi tomonidan qo‘shimcha daromad manbai so‘ralgani inobatga olinib, Qarorning 1-bandida kambag‘al oilalarga ajratilgan yerlarda o‘z ehtiyojlari uchun sabzavot, poliz va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ruxsat berildi.
Xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar asosida, Qarorning 2-bandida ko‘chatlar davlat o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan bepul yetkazib berilishi belgilandi.
To‘lovlar adolatliligi bo‘yicha ovoz berish natijalariga ko‘ra, Nizomning 1-bandida subsidiya ekilgan har 100 ta daraxt uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lanishi tasdiqlandi.
Jarayon shaffofligini ta’minlash maqsadida, Nizomning 2-bandida “Ekofaol fuqaro” platformasi joriy etilib, barcha ma’lumotlar elektron shaklda kiritilishi yo‘lga qo‘yildi.
To‘lov tartibi bo‘yicha fuqarolar fikriga tayangan holda, Nizomning 3-bandida subsidiya yil davomida ikkiga bo‘linib (ekilganda va parvarishlangandan so‘ng) to‘lanishi belgilandi.
Savollar bo‘yicha statistika
Savollar bo‘yicha statistika
Sharhlar(0)
Bu sahifa foydali bo‘ldimi?
0 foydalanuvchilar buni «ijobiy» baholadi