Yurtimizni birga rivojlantiramiz!
Ko'rinish
A
A
A
Shrift hajmi
O‘z
Ru
En

So‘rovnoma statistikasi
“Ekoturizm va turistik so‘qmoqlar: tabiat bag‘rida xavfsiz va qulay dam olish” mavzusida jamoatchilik fikrini o‘rganish.
Umumiy ma'lumotlar
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya vazirligi va Turizm qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan jamoatchilik so‘rovi natijalari tahlil qilindi va fuqarolarning takliflari Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 778-son qarorida to‘liq inobatga olindi.
Xususan:
Aholining aksariyat qismi (72%) so‘qmoqlardan foydalanish bepul bo‘lishini yoqladi. Shu bois, Nizomning 5-bandida turistik so‘qmoqlarda harakatlanganlik uchun tashrif buyuruvchilardan to‘lov undirilmasligi qat’iy belgilab qo‘yildi.
Harakatlanish turlari bo‘yicha takliflar inobatga olinib, Nizomning 2-bandida so‘qmoqlarda piyoda, ot, velosiped va chang‘ida yurishga ruxsat berildi, lekin tabiatga zarar yetkazuvchi avtomototransport vositalari taqiqlandi.
Sayyohlar uchun qulaylik yaratish so‘rovi asosida, Nizomning 19-bandida so‘qmoqlar bo‘ylab chiqindi qutilari, sanitariya shoxobchalari va dam olish joylari o‘rnatilishi ko‘zda tutildi.
Ma’lumot olish qulayligi bo‘yicha, Qarorning 17-bandiga asosan barcha so‘qmoqlar yo‘nalishlarini Internet tarmog‘ida va mobil ilovalarda joylashtirish vazifasi yuklatildi.
Tabiatni asrash masalasida, Nizomning 24-bandida infratuzilma yoki atrof-muhitga zarar yetkazilganda zararni qoplatish choralari belgilandi.
Savollar bo‘yicha statistika
Savollar bo‘yicha statistika
Sharhlar(0)
Bu sahifa foydali bo‘ldimi?
0 foydalanuvchilar buni «ijobiy» baholadi