Yurtimizni birga rivojlantiramiz!
Ko'rinish
A
A
A
Shrift hajmi
O‘z
Ru
En

So‘rovnoma statistikasi
Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasiga qabul qilishda test sinovlari va imtihon tizimini isloh qilish bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish.
Umumiy ma'lumotlar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan onlayn so‘rovnoma natijalari tahlil qilindi. So‘rovda ishtirok etgan respondentlarning 82% i Davlat boshqaruvi akademiyasiga qabul qilish bo‘yicha 2012-yildagi eski tartibning bugungi kun talablariga javob bermasligini va yangi Hukumat qarorlari qabul qilinganligi sababli eski hujjatlarni bekor qilish zarurligini bildirishgan.
Shuningdek, respondentlarning 90% dan ortig‘i qonunchilikdagi huquqiy kolliziyalarni bartaraf etish va eskirgan hujjatlarni "o‘z kuchini yo‘qotgan" deb topish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan.
Jamoatchilikning ushbu fikrlarini inobatga olgan holda hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 541-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 2-dekabrdagi 2384-1-son buyrug‘i qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2012-yilda qabul qilingan eskirgan nizom o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.
Savollar bo‘yicha statistika
Savollar bo‘yicha statistika
Sharhlar(0)
Bu sahifa foydali bo‘ldimi?
0 foydalanuvchilar buni «ijobiy» baholadi