Yurtimizni birga rivojlantiramiz!
Ko'rinish
A
A
A
Shrift hajmi
O‘z
Ru
En

So‘rovnoma statistikasi
“Notariuslar malakasini oshirish va xizmat sifatini yaxshilash: malakali kadrlar — ishonchli xizmat garovi” mavzusida jamoatchilik fikrini o‘rganish.
Umumiy ma'lumotlar
(Ushbu matn qabul qilingan buyruqning izohi sifatida e'lon qilinadi)
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan jamoatchilik so‘rovi natijalari tahlil qilindi va fuqarolarning takliflari Adliya vazirining 2025-yil 6-dekabrdagi 3721-son buyrug‘ida o‘z aksini topdi.
Xususan:
Aholining 76% i notariuslarning malakasini oshirish zarurligini ta’kidlagan. Shu bois, Nizomning 1-bandida notariuslikka talabgorlar uchun maxsus tayyorlash o‘quv kurslari majburiy etib belgilandi.
O‘qish muddati bo‘yicha takliflar inobatga olinib, Nizomning 3-bandida o‘quv kurslarining davomiyligi 72 soat etib tasdiqlandi.
Ta’lim shakli bo‘yicha respondentlarning fikriga tayangan holda, Nizomning 4-bandida o‘qishni ham bevosita Institutda, ham masofaviy (onlayn) shaklda tashkil etish imkoniyati yaratildi.
Imtihon shaffofligi va adolatliligi bo‘yicha talablar inobatga olinib, Nizomning 33-bandida imtihon jarayonini audio va videoyozuvda qayd etish, 34-bandida esa natijadan norozi bo‘lganlarga apellyatsiya berish huquqi kafolatlandi.
Imtihon shakli bo‘yicha Nizomning 23-bandida bilimni baholash suhbat tarzida, savollar esa elektron dastur orqali tasodifiy tanlanishi belgilandi.
Savollar bo‘yicha statistika
Savollar bo‘yicha statistika
Sharhlar(0)
Bu sahifa foydali bo‘ldimi?
0 foydalanuvchilar buni «ijobiy» baholadi