Yurtimizni birga rivojlantiramiz!
Ko'rinish
A
A
A
Shrift hajmi
O‘z
Ru
En

Sharipov Kongratbay Avezimbetovich
Biography

Sharipov Kongratbay Avezimbetovich
Toshkent sh., Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 7-uy
Juma 15:00 - 17:00
Biografiya
1963-yil 24-mart kuni Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida xizmat sohasi xodimlari oilasida tug‘ilgan. Millati qoraqalpoq.
1980-yilda tug‘ilib o‘sgan tumanidagi Pushkin nomidagi o‘rta maktabni tamomlab, shu yili mahalliy paxta sovxozida bir yil davomida avtoslesar bo‘lib ishlagan. 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIIIMSH)ning qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetiga o‘qishga kirgan.
1986-yilda o‘qishni tugatgach, 1987-yilgacha Qo‘ng‘irot paxta sovxozida mexanik bo‘lib ishlagan. 1988-yilda Moskva qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish muhandislari instituti (V. P. Goryachkin nomidagi)da o‘qituvchi sifatida faoliyat boshlagan, 1989-yilda esa kunduzgi aspiranturaga o‘qishga kirgan. 1992-yil 20-yanvarda “Ultrafiltratsiya usuli bilan ishlatilgan sanoat moylarini regeneratsiya qilish” mavzusidagi texnika fanlari nomzodi dissertatsiyasini “Qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlatish, ta’mirlash va qayta tiklash” ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan.
2005-yil 22-mart kuni Toshkent avtomobil yo‘llari instituti malaka komissiyasi tomonidan texnika fanlari doktori ilmiy darajasi berilgan. Doktorlik ishi O‘zbekiston sharoitida avtomobil va traktor texnikasida ishlatilgan motor moylarini qayta tiklashning yangi prinsiplari ishlab chiqilishiga bag‘ishlangan.
1995-yilda “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi dotsenti ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan. 1992–2003-yillarda shu kafedrada o‘quv ustasi, assistent, dotsent lavozimlarida ishlagan, Qishloq xo‘jaligi majmuasida resurs tejovchi texnika va texnologiyalar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiga (2002–2003) rahbarlik qilgan, shuningdek, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti dekani o‘rinbosari (2001–2002) bo‘lgan.
2003-yildan 2007-yil avgustigacha “Toshkent DEU” markazini boshqargan, 2005–2008-yillarda esa “Avtomobillar” va “Avtomobilsozlik texnologiyalari” kafedralarida professor sifatida dars bergan.
2007-yil avgustidan 2009-yil yanvarigacha O‘zbekiston–Koreya qo‘shma korxonasi “TOSHAFOOS” bosh direktori bo‘lib ishlagan. 2009-yilning birinchi yarmida “GM Uzbekistan” AJ bosh menejeri lavozimida faoliyat yuritgan.
2009-yil iyulidan 2010-yil sentyabrigacha Turin politexnika universiteti (Toshkent) rektori bo‘lib ishlagan, 2010-yil oktyabridan esa shu universitetning moliya va iqtisodiyot bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida ishlagan. 2017-yil avgustidan 2019-yilgacha yana Turin politexnika universiteti rektori bo‘lgan.
2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan. 2019-yil noyabridan 2024-yil yanvarigacha Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rahbarlik qilgan.
Uning ilmiy rahbarligida 1 nafar fan doktori (DSc) va 6 nafar PhD tayyorlangan. U 450 dan ortiq ilmiy nashrlar, jumladan, 8 ta darslik, 14 ta monografiya va 27 ta o‘quv qo‘llanma muallifi hisoblanadi. Asarlari orasida: Ishlatilgan moylarni regeneratsiya qilishning texnologik asoslari (1998), Ishlatilgan moylarni tozalash asoslari (2000), Neft mahsulotlari xossalarini yaxshilash tendensiyalari (2002), Avtotraktor moylarining ifloslanishi va sinov usullari (2003), Yog‘lash moylaridan foydalanish samaradorligini oshirish (2004), Biomoylarni membranali suvsizlantirish (2011), “O‘zavtosanoat” korxonalarida marketing tizimini takomillashtirish (2020) va boshqalar bor.
U 70 ta maqolani xorijda, 188 ta ishni yuqori reytingli jurnallarda va 201 ta maqolani milliy nashrlarda chop ettirgan bo‘lib, Scopus, ScienceDirect va Web of Science bazalarida indekslangan.
Iqtisodiyot sohasida 50 dan ortiq ilmiy ish tayyorlagan. 2018–2020-yillarda 56 ta kadrlar tashkiloti bilan hamkorlik o‘rnatgan, 56 ta ilmiy-tadqiqot institutidan ilmiy rahbarlarni jalb qilgan va turli ilmiy hamda ishlab chiqarish tuzilmalaridan 10 nafar doktorantni ilmiy faoliyatga jalb qilgan
Bu sahifa foydali bo‘ldimi?
0 foydalanuvchilar buni «ijobiy» baholadi