Yurtimizni birga rivojlantiramiz!
Ko'rinish
A
A
A
Shrift hajmi
O‘z
Ru
En

Karimova E'zozxon Garipjonova
Biography

Karimova E'zozxon Garipjonova
100011, O‘zbekiston, Toshkent, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 2A-uy
Dushanba - Juma 09:00 - 12:00
Biografiya
1973 yilda Namangan tumanida tug‘ilgan. O‘rta ma’lumotni Hamid Olimjon nomidagi maktabda olib, uni a’lo baholar bilan tamomlagan. 1990 yilda Toshkent davlat universitetining falsafa fakultetiga o‘qishga kirib, 1996 yilgacha tahsil olgan, so‘ng aspiranturada ilmiy izlanishlarini davom ettirgan. 2003 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Ibrohim Mo‘minov nomidagi Falsafa institutida “Ijtimoiy psixologiya va sotsiologiya” mutaxassisligi bo‘yicha dissertatsiya himoya qilib, sotsiologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2005 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida o‘qishni tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1990 yilda 28-maktab direktori lavozimida boshlagan, keyinchalik 30- va 35-maktablarda tarix va jamiyatshunoslik fanlaridan dars bergan. 1994–1995 yillarda Kosonsoy tumanidagi 29-bolalar-o‘smirlar sport maktabini boshqargan. 1995–1996 yillarda Toshkent davlat universiteti falsafa kafedrasida katta laborant, 1996–2001 yillarda esa N. G‘aniev nomidagi Toshkent kinotexnikumida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.
2001 yildan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) bilan faoliyatini bog‘lab, dastlab falsafa kafedrasi assistenti, keyin esa ma’naviyat va ma’rifat kafedrasi mudiri bo‘lgan. 2009–2010 yillarda O‘zbekiston davlat san’at institutida hamda TATUda kafedra mudiri lavozimida ishlagan. 2010–2011 yillarda metodik markaz boshlig‘i va ma’naviy-axloqiy tarbiya bo‘yicha prorektor vazifasini bajaruvchi bo‘lgan. 2011–2021 yillarda TATUda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat kafedrasini boshqargan.
2021 yilda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligiga ishga o‘tib, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘limini boshqargan. Keyinchalik, 2021–2023 yillarda prezident ta’lim muassasalari direktorining ma’naviy-tarbiyaviy ish samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonunga rioya etilishi masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlagan. 2023–2024 yillarda “Yangi O‘zbekiston” universitetida yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlar bo‘yicha prorektor, 2024 yilda esa Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining maslahatchisi bo‘lgan.
2025 yil 7 may kuni O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori lavozimlariga tayinlangan. 2025 yil 31 iyuldan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini boshqarib kelmoqda.
40 dan ortiq ilmiy maqola, shuningdek, darslik va monografiya muallifi.
Bu sahifa foydali bo‘ldimi?
0 foydalanuvchilar buni «ijobiy» baholadi