Yurtimizni birga rivojlantiramiz!
Ko'rinish
A
A
A
Shrift hajmi
O‘z
Ru
En

Zaxidov Botir Erkinovich
Biography

Zaxidov Botir Erkinovich
Biografiya
1982-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan, keyinchalik Bank-moliya akademiyasida tahsilni davom ettirib, 2008-yilda diplom olgan.
Mehnat faoliyatini 2003-yilda “Asaka bank”da boshlagan. 2005–2009-yillarda mazkur bankning tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti bo‘limiga rahbarlik qilgan. Keyinchalik Markaziy bankda ishlashni davom ettirib, valyuta-ayirboshlash operatsiyalariga mas’ul maxsus boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 2019-yil 26-maydan Markaziy bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari etib tayinlangan.
2022-yil 19-sentabrda Toshkent shahri Shayxontohur tumani hokimligi rahbari lavozimiga tayinlangan. Bir yil o‘tib, 2023-yil 23-sentabrda Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vaziri lavozimiga tayinlangan. 2024-yil 21-noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangan yangi hukumat tarkibi shakllantirilgach, ushbu lavozimni saqlab qolgan.
Bu sahifa foydali bo‘ldimi?
0 foydalanuvchilar buni «ijobiy» baholadi