Yurtimizni birga rivojlantiramiz!
Ko'rinish
A
A
A
Shrift hajmi
O‘z
Ru
En

Tashkulov Akbar Djurabayevich
Biography

Tashkulov Akbar Djurabayevich
Vazir
Biografiya
1971-yil 21-sentabrda Jizzax viloyati Jizzax tumanida tug‘ilgan.
Ma’lumoti – oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi.
1994-yilda Davlat yuridik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1994-yilda Adliya vazirligi Xalqaro huquq boshqarmasida katta maslahatchi lavozimida boshlagan.
1995–1997-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash hamda huquqiy ekspertiza boshqarmasida bosh maslahatchi lavozimida ishlagan.
1997–2000-yillarda Xalq xo‘jaligida huquqiy ishlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i,
2000–2002-yillarda Qonunchilikni tasniflash va huquqiy axborot boshqarmasi boshlig‘i,
2002–2003-yillarda Xalq xo‘jaligida huquqiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i,
2003–2005-yillarda Chet el investitsiyalari va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2005–2013-yillarda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i,
2013–2017-yillarda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i,
2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari,
2021–2022-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimlarida ishlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-noyabrdagi PF-249-son Farmoniga muvofiq, A. Tashqulov O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Bu sahifa foydali bo‘ldimi?
0 foydalanuvchilar buni «ijobiy» baholadi