Yurtimizni birga rivojlantiramiz!
Ko'rinish
A
A
A
Shrift hajmi
O‘z
Ru
En

Mustafoyev Ulugʻbek Mavlonovich
Biography

Mustafoyev Ulugʻbek Mavlonovich
130100, Jizzax shahri, SH.Rashidov shoh ko’chasi 64-uy
Shanba 9:00 - 12:00
Biografiya
Ulug‘bek Mavlonovich Mustafoyev 1968-yil 14-avgust kuni Jizzax viloyatida tug‘ilgan.
1991-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini “Moliya va kredit” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1992–2003-yillarda Jizzax viloyat filiali “Promstroybank”da mutaxassis, so‘ngra katta mutaxassis lavozimlarida ishlagan.
2003–2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta operatsiyalari boshqarmasining pul muomalasi bo‘limida katta iqtisodchi, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan. Turli yillarda davlat idoralarida bir qator lavozimlarni egallagan, jumladan, 2010–2016-yillarda Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
2016-yilda Jizzax viloyati hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish, xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan. 2017-yil iyun oyidan “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan, 2019-yilda kompaniya bo‘lingach, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga rahbarlik qilgan. Shu lavozimda ishlab kelar ekan, 2024-yil avgust oyida unga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni berilgan.
2024-yil 19-dekabrda Jizzax viloyati hokimi etib tayinlandi.
Bu sahifa foydali bo‘ldimi?
0 foydalanuvchilar buni «ijobiy» baholadi